Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Bugun atrof muhitni asrash masalasi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb muammoga aylandi. Tabiatga yetkazilayotgan har qanday zarar inson salomatligi va kelajak avlod taqdiriga byevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu bois ekologik qonunlarga rioya etish va bu sohadagi jinoyatlarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish masalasi global ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Inson faoliyati natijasida tabiatga etkazilayotgan zarar nafaqat ekologik muvozanatni buzmoqda, balki inson salomatligi va kelajak avlod taqdiriga ham jiddiy xavf solmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIV bobi atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilaydi.
Ekologiya xavfsizligiga oid qonunbuzilishlar(193-modda)
Ushbu moddaga ko'ra, sanoat, energetika, transport va boshqa ob'ektlarni loyihalash, qurish va foydalanish jarayonida belgilanganekologik normalarni buzish og'ir oqibatlarga olibkelsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Bundayholatlar inson o'limi, ommaviy kasallanish yokiatrof muhitning jiddiy o'zgarishiga olib kelishimumkin.
Ekologik ma'lumotlarni yashirish (194-modda)
Mansabdor shaxslar tomonidan ekologik holathaqidagi haqiqiy ma'lumotlarni qasddan yashirishyoki buzib ko'rsatish jamiyat uchun katta xavftug'diradi. Bu kabi harakatlar aholi salomatligigajiddiy zarar etkazib, hatto inson o'limiga sababbo'lishi mumkin.
Ifloslanish oqibatlarini bartaraf etmaslik(195-modda)
Atrof muhit ifloslangan hollarda mas'ulshaxslar tomonidan zarur choralar ko'rilmasligiyoki etarli darajada bajarilmasligi og'irekologik va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
Atrof muhitni ifloslantirish (196-modda)
Er, suv va atmosfera havosini ifloslantirishinsonlar va tirik tabiat uchun xavflihisoblanadi. Bu kabi huquqbuzarliklar ommaviykasalliklar va tabiiy resurslarning yo'qolishigasabab bo'ladi.
O'simlik va o'rmonlarga zarar etkazish (198-modda)
Ekinzorlar, o'rmonlar va boshqa o'simliklargaehtiyotsizlik yoki qasddan zarar etkazish tabiatgakatta iqtisodiy va ekologik zarar keltiradi. Qonunga xilof ravishda daraxt kesish ham jinoiyjavobgarlikka sabab bo'ladi.
Agrosanoat va veterinariya sohasidagiqoidalarni buzish (199–200-moddalar)
O'simliklarni himoya qilish va hayvonlarni parvarishlash qoidalarini buzish og'ir oqibatlarga, jumladan, kasalliklar tarqalishi va hayvonlarning ommaviy qirilishiga olib keladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarnibuzish (204-modda)
Qo'riqxonalar va boshqa muhofaza etiladigan hududlar rejimini buzish yoki ularga zarar etkazish tabiatni asrashga qaratilgan davlat siyosatini izdan chiqaradi.
Xulosa qilib aytganda atrof muhitni muhofaza qilish - bu har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Ekologik qonunlarga rioya qilish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va qonunbuzilishlarning oldini olish orqali biz kelajak avlod uchun sog'lom va barqaror muhitni saqlab qolishimiz mumkin.
Shu munosabat bilan, har birimiz ekologikmadaniyatimizni oshirishimiz, tabiatga zararetkazuvchi har qanday harakatlarga qarshimurosasiz bo'lishimiz lozim.
JIB Farg'ona shahar sudining raisi Tojiddin aka .Vaxobov

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.