Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Rasmiyatchilikdan samimiyatga o'tgan tarixiy uchrashuv Belarus Prezidenti o'zbeklar bilan ishlashni nega orzu qilishini aytdi va “Kech qolmasdan keling!” deya ochiq da'vat qildi. Ikki davlat o'rtasidagi 2 milliard dollarlik tarixiy kelishuv va kutilmagan bayonotlar tafsiloti maqolamizda.

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi delegasiyaning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat yilnomasidan tarixiy uchrashuv sifatida joy oldi.

Belarus Prezidenti davlatimiz rahbarini shaxsan o'zi kutib olmoqda
Davlatimiz rahbarini Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko juda iliq, ko'tarinki kayfiyatda va yuksak ehtirom bilan kutib oldi.

Belarus Prezidenti rasmiy uchrashuv protokoliga muvofiq davlatimiz rahbarini shaxsan kutib olmoqda.
Bu tashrif oddiy rasmiyatchilik chegaralaridan chiqib, chinakam samimiyat va do'stlik maydoniga aylangani xalqaro kuzatuvchilarning ham e'tiborini tortdi.

Uchrashuv: rasmiyatchilikdan samimiyatgacha.
Bu esa O'zbekiston etakchisining dunyo siyosat maydonida naqadar yuksak hurmatga sazovor ekanini yana bir bor isbotladi.

Aleksandr Lukashenko
2 milliard dollardan ziyod shartnomalar
Ushbu tarixiy muloqot shunchaki do'stona suhbat bilan cheklanib qolmay, ikki davlat iqtisodiyoti uchun tub burilish yasadi.

Shartnomalar to'plami
Tashrif doirasida umumiy qiymati 2 milliard AQSh dollaridan ortiq bo'lgan yirik shartnoma va bitimlar imzolandi. Bu raqamlar ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni misli ko'rilmagan darajada yuqori bosqichga olib chiqadi.

Minsk shaxrida joylashgan, O'zbekiston savdo uyi

O'zbekiston va Belarusiya yangi tarixiy bosqichga chiqqani
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o'z nutqida iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha qat'iy tashabbusni ilgari surdi. U ayni paytda Minsk shahrida faqat bitta “O'zbekiston savdo uyi” mavjudligiga e'tibor qaratib “Nega atigi bitta?” degan savolni o'rtaga tashladi.
Lukashenko Belarusning har bir viloyatida O'zbekistonning savdo maskanlari tashkil etilishi bo'yicha topshiriq berilishini ma'lum qildi. Bu o'zbek mahsulotlarining Belarus bozorini to'liq egallashi uchun ulkan imkoniyatdir.

O'zbekiston xom ashyo mahsulotlaridan tayyorlanayotgan jarayon
Belarus rahbarining o'zbek xalqiga va davlatimiz etakchisiga bo'lgan cheksiz hurmati uning samimiy taklifida yaqqol namoyon bo'ldi. Aleksandr Lukashenko o'zbekistonliklarni oilaviy tarzda Belarusga kelishga, yashash va ishlashga ochiq da'vat etdi.

Muzokara jarayoni
“Xozir kelmasangiz, ertaga orkangizdan
boshkalar keladi”, deya ta'kidladi Belarus Prezidenti. Shuningdek, u sog'liqni saqlash tizimi ham vatandoshlarimiz uchun yuqori darajada bo'lishini alohida bildirib o'tdi.
O'zbekiston va Belarus Prezidentlarining uchrashuvi
Mazkur tarixiy uchrashuv Uzbekistonning tashki siyosatdagi obrusi nakadar balandligini, prezidentimizning ochik va samimiy diplomatiyasi dunyo raxbarlari tomonidan yuksak kadrlanishini yana bir bor kursatdi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.