Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Farg'ona shahri Obodonlashtirish boshqarmasida 15 avgust kuni xodimlarni ishga jalb qilish bilan bog'liq holatlar jamoatchilikda savol uyg'otmoqda. Xodimlar aytgan ma'lumotlar rost bo'lsa, ularni soat 14:00 dan keyin ishga kim va qaysi hujjat asosida jalb qilgan? Bu qaror rahbar Dilfuza Xadjaevaning topshirig'i bilan berilganmi? Xodimlarni muayyan hududlarga biriktirish bo'yicha buyruq bormi?

15 avgust kuni Farg'ona shahri Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan bog'liq holat yuzasidan yana bir jiddiy savol paydo bo'lmoqda.
Xodimlarning aytishicha, shanba kuni ularning ish vaqti soat 14:00 gacha bo'lgan. Ammo biroq sal kam 30 dan ko'proq odamni 17:00 ga qadar ham ayrim xodimlar ishlashga jalb qilganligini videoda ko'rish mumkin.
Obodonlashtirish xodimlari lavxalari
Xodimlar bu erga Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Dilfuza Xadjaevaning topshirig'i bilan kelganini aytmoqda. Shu bilan birga, ularni hokimlikdan berilgan topshiriq asosida ishga chiqarishgani haqida ham ma'lumotlar aytilmoqda.
Ishchi xodimlarning “brigadir” boshlig'lari so'ziga e'tibor qarating.
Obodonlashtirish xodimlari muayyan hududlarga biriktirilgan bo'lsa, ularni ushbu hududga kim, qaysi buyruq asosida va qanday mas'uliyat bilan biriktirgan?
Har bir xodimning ish joyi, vazifasi va mas'uliyati bo'lishi kerak. Insonlarni ma'lum bir hududga chiqarib qo'yishning o'zi etarli emas. Buyruq qaerda?
Biriktirish hujjati qaerda? Uning raqami va sanasi qanday? Xodimlarning aynan shu hududda ishlashi uchun kim mas'ul?
Agar 15 avgust kuni soat 14:00 dan keyin ishlashga jalb qilingan bo'lsa, buning uchun alohida buyruq berilganmi?
Agar hokimlikdan topshiriq bo'lgan bo'lsa, ushbu topshiriq yozma shaklda berilganmi?
Biz bu savollarga og'zaki emas, hujjat bilan javob berilishini istaymiz. Chunki gap qog'ozdagi raqamlar haqida emas. Gap tirik odamlar haqida ketmoqda. Kun bo'yi og'ir jismoniy mehnat qilayotgan yoshi katta xodimlarni muayyan hududga chiqarishdan tortib, ularning ish vaqti, mehnat xavfsizligi va sog'lig'igacha kim mas'ul ekanini aniq bilishimiz kerak.
Agar ish vaqtida xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, “uni falonchi jo'natgan edi” degan og'zaki gap mas'uliyatni kimning zimmasidan olib tashlaydi?
Shuning uchun Farg'ona shahri Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Dilfuza Xadjaevadan aniq javob kutamiz.
Xodimlarni muayyan hududlarga biriktirish bo'yicha buyruq bormi? 15-avgust 17:00 ga qadar ularni ishga jalb qilish bo'yicha buyruq bormi? Bu buyruqlarni kim imzolagan? Xodimlar uchun mas'ul shaxs kim? Agar hokimlikdan topshiriq bo'lgan bo'lsa, kim bergan?
Biz bu savollarning barchasiga rasmiy va hujjatli javob kutamiz. Chunki oddiy mehnatkash insonlarni ma'lum bir hududga biriktirish mumkin, ammo ularning huquqi, xavfsizligi va hayotini mas'uliyatsizlikka biriktirib qo'yib bo'lmaydi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.