Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Biz to'qlik ichida ochlikni (hujayraviy ochlikni), qulaylik ichida charchoqni his qilyapmiz. Ushbu maqola qondagi qand raqamlari haqida emas, balki o'zimiz eshitmay qo'ygan tanamiz bilan qayta suhbat qurish haqida. Dorilar simptomini davolasa, anglash hayotni qutqaradi. O'z organizmingiz bilan yarashish vaqti kelmadimi?

Аъзамжон Рахмоналиевич
So'nggi yillarda shifokor sifatida meni eng ko'p o'ylantiradigan savollardan biri shu bo'ldi

nega insonlar avvalgidan ko'proq ovqat eb, ko'proq qulaylikda yashab turib ham o'zini doimiy charchoq, og'ir va kasal his qilyapti? Nega diabet, semizlik, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari yosharib bormoqda?
Ba'zan qabulda bemorga qarab turib shunday o'ylayman

inson tanasi aslida juda kuchli tizim. U millionlab hujayralar, gormonlar va murakkab mexanizmlar orqali har kuni biz uchun kurashadi. Lekin zamonaviy hayot tarzi harakatsizlik, stress, sun'iy ovqatlar, uyqusizlik va doimiy shoshilish organizmni asta-sekin tabiiy muvozanatini izidan chiqarib qo'ymoqda.
Eng qizig'i shundaki, ko'p inson kasallikni to'satdan paydo bo'ladi deb o'ylaydi. Aslida esa organizm yillab signal beradi charchoq, qorin atrofida yog' to'planishi, uyqu buzilishi, shirinlikka kuchli xohish, quvvat etishmasligi va xokozo.

Lekin biz bu signallarni ko'pincha “oddiy holat” deb qabul qilib e'tibordan chetda qoldiramiz.
Shu erda menda bir fikr paydo bo'lgan ehtimol diabet faqat qondagi qand miqdorini oshishi emasdir. Balki u organizmning hayot tarziga bergan javobi bo'lishi mumkun.
Doktor sifatida ko'p yillik amaliyotim davomida bir narsani aniq tushunib etdim: diabet bu faqat qondagi qand miqdorini oshishi emas.

Balki u inson tanasining hayot tarziga, stressga, ovqatlanishga va harakatsizlikka bergan javobidir. Bugun biz diabet haqida juda ko'p eshitamiz. Dorilar ko'paymoqda, tahlillar aniqlashmoqda, texnologiya rivojlanmoqda. Lekin shunga qaramay diabet ham, semizlik ham, gipertoniya ham yil sayin ortib bormoqda. Demak, muammo faqat qondagi qand miqdori raqamlarida emas.

Men qabulda ko'p bemorlarni ko'raman. Ular: “Doktor, qandim tushmayapti”, deydi. Lekin suhbat chuqurlashganda ma'lum bo'ladiki, inson yillab yaxshi uxlamagan, harakatsiz yashagan, stress ichida yurgan yoki ovqatni yashash uchun, shifo uchun emas, nafsni qondirish vositasi sifatida qabul qilib kelgan. Organizm esa buning barchasini “eslab qoladi”.
Fiziologiya nuqtai nazaridan qarasak, diabet

insulin va glyukoza haqidagi o'yini emas. Bu mushak, jigar, ichak, stress gormonlari, uyqu va hatto nafas olish bilan bog'liq katta tizimdir. Masalan, jismoniy harakat paytida mushaklar glyukozani hatto insulinsiz ham qabul qila oladi. Shuning uchun piyoda yurishning o'zi qandni tushirishda ba'zan kutilmagan darajada katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Men yana bir muhim narsani kuzatganman ko'p inson ovqatni faqat qorin to'ydirish deb biladi. Aslida esa ovqat organizm uchun shifo va quvvat bo'lmoq zarur. Tabiiy, minimal qayta ishlangan mahsulotlar tanani barqarorlikka olib borsa, o'ta qayta ishlangan sanoat ovqatlari kolbasa, chips, tez tayyor mahsulotlar, gazli ichimliklar, sun'iy qo'shimchali shirinliklar kabi mahsulotlar qandni, yallig'lanishni va insulin rezistentlikni kuchaytiradi.

Nafas olish ham diabetda o'ylaganimizdan ko'ra muhimroq. Glyukoza energiyaga aylanishi uchun kislorod kerak. Surunkali stress va yuzaki nafas organizmni doimiy “xavf” holatida ushlab turadi. Shuning uchun ba'zan insonda qand bor, lekin energiya yo'q. Charchoq, uyqusizlik va ichki taranglik ortib boradi.
Shu sababli men diabetga qarshi kurashishdan ko'ra, insonni o'z tanasini tushunishga chaqirgan bo'lardim.

Chunki tana dushman emas. U doim signal beradi. Qand ko'tarilishi ham ko'p hollarda ana shu signallardan biri.
Mening fikrimcha, diabetni faqat dori bilan emas, hayot tarzini anglash orqali ham boshqarish mumkin.

Ovqat, harakat, uyqu, stress va ongli qarorlar bularning barchasi davolashning bir qismi. So'zimning oxirida shuni aytmoqchiman Inson organizmi biz o'ylagandan ancha dono. U biz bilan har kuni gaplashadi. Faqat biz uni eshitishni unutib qo'yganmiz. Balki sog'liqqa qaytish yangi dori qidirishdan emas, o'z tanamiz bilan munosabatni qayta tiklashdan boshlanadi.
RIEIATM fargona filiali davolash ishlari buyicha direktor o'rinbosari Israilov A'zamjon Raxmonalievich

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.