Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Tarix gohida juda sekin harakatlanadi, lekin adolat baribir o'z manziliga etib keladi. Oradan qariyb bir asr o'tib, Farg'ona vodiysi va Markaziy Osiyoning qonli yillarida "xoin" deb tamg'alangan 161 nafar ajdodimizning nomi bugun yana POK va OZOD bo'ldi. Arxivlardagi «Muhrlangan» sirlar Ko'p yillar davomida maxsus arxivlarda, chang bosgan papkalarda bir haqiqat yashiringan edi.

Tarixiy adolatni tiklash, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, o'zlari quvg'inu qatag'onga duchor etilgan ajdodlarimiz nomini oqlash yo'lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag'on qurbonlarining merosini yanada chuqur o'rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoyishi qabul qilingani bunga keng yo'l ochdi.

Ma'lumki, Farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida qatag'on qurbonlarining merosini yanada chuqur o'rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan.

Shuning barobarida qatag'on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlangach, ularning nomlarini aniqlash borasida izlanishlar ko'lami kengaytirilib, mas'ullarga vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko'ra reabilitasiya qilinmagan qatag'on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish belgilangan.

Bundan tashqari, Oliy sudda muayyan sabablarga ko'ra reabilitasiya qilinmagan qatag'on qurbonlarining nomlarini oqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo'yicha ishchi guruhi tuzilgan.

Ishchi guruhning izchil faoliyati, ko'lamli sa'y-harakati tufayli keyingi yillarda sovet davrida qatag'on qilingan 1 236 nafar vatandoshimiz reabilitasiya qilinib, oqlandi.
Kuni kecha Oliy sudga Turkfrontning Farg'ona qo'shinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Farg'ona maxsus bo'limi hamda O'rta Osiyo va Qozog'iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1920-1934 yillardagi qarorlariga ko'ra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berishda, qurolli to'da tuzishda, sovet hokimiyatiga qarshi qo'zg'olonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oshirganlikda ayblangan bir guruh vatandoshlarimizga oid jinoyat ishlari kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o'rganib chiqildi.

2026 yil 6 may kuni bo'lib o'tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo'yicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati kassasiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.