Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Фарғона шаҳридаги мактабгача ва мактаб таълими бошқармасига қарашли 16-сонли мактабгача таълим ташкилотида (МТТ) содир бўлган воқеалар жамоатчиликни қаттиқ ташвишга солмоқда. Текширувлар вақтида норасмий болалар яширилгани, гўдаклар жазирама иссиқда стадионларда сарсон қилингани айтилган.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur bog'chada belgilangan me'yordan ortiq norasmiy bolalar qabul qilingani aytilmoqda. Muassasaga tekshiruv kelganida esa mas'ullar vaziyatni yashirishning noan'anaviy va achinarli yo'lini tanlaganlar.
Xakimova Nargiza 16-DMTT Jismoniy tarbiya o'qituvchisi
Tekshiruvchilarga ko'rsatmaslik maqsadida kichkina bolalar oynaklardan olib chiqilib, kunning jazirama issig'ida stadion va ochiq maydonlarda kun bo'yi aylantirib yurilgani ma'lum bo'lmoqda.
Bolalarni 16-bog'chaning orqa tomoniga oynadan olib chiqayotgani boshqarma xodimlari tomonidan video tasvirga olingan.
Eng qizig'i, bog'cha tarbiyachilarining o'zlari bu holatni ochiq tan olib, bolalarning kun bo'yi och-nahor holda ko'chalarda sarson bo'lganidan norozilik bildirishgan. Go'daklarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygan bunday munosabat qattiq qoralanishga loyiq.
Bog'cha bolalar uchun xavfsiz, mehr va e'tibor maskani bo'lishi kerak. Biroq tekshiruvlardan qochish uchun go'daklarni jaziramada ko'chada sarson qilish insoniylik va kasb etikasiga umuman to'g'ri kelmaydi.https://youtu.be/tdYXkgKCEmA?si=esqT_mjfwLZXltzc
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahri va viloyat mas'ul tashkilotlari tomonidan holat chuqur va xolis o'rganilib, bolalarning huquqlarini toptagan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko'rilishiga umid qilamiz.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.