Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Yuksak e'tirof insonning mehnati va jamoaning sa'y-harakatlariga berilgan munosib bahodir. “Ferganamedia.uz” jamoasi uchun ham ana shunday quvonchli va faxrli voqealardan biri yuz berdi.

Ferganamedia.uz» veb-sayti rahbari Esanov Shuxratjon Inamjanovich yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat tuyg'ularini shakllantirishdagi munosib hissasi uchun “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali
Ushbu yuksak mukofot Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazi Axborot xizmati rahbari Orif aka tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazi Axborot xizmati rahbari Orif aka
Bu e'tirof jurnalistika va media sohasidagi fidokorona mehnat, jamoatchilik bilan samarali muloqot, ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash hamda yoshlar tarbiyasi yo'lidagi sa'y-harakatlarning munosib bahosidir.
Shu munosabat bilan «Ferganamedia.uz» veb-sayti jamoasi nomidan Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, general-mayor Oybek Azadovich Saidovichga ushbu yuksak e'tirof uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

General-mayor Oybek Ozodovich Saidov
Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug Axborot xizmati rahbari Orif akaga ham alohida tashakkur aytamiz. “Ferganamedia.uz” veb-sayti jamoasi bilan muntazam hamkorlik qilib, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qo'llab-quvvatlab kelayotganingiz, jamoatchilik institutini rivojlantirishga e'tibor qaratayotganingiz hamda bloger va jurnalistlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganingiz uchun minnatdormiz.

Shuxratjon Esanov
Biz uchun ushbu mukofot shunchaki taqdirlash emas, balki yanada mas'uliyat bilan ishlash, izlanish va Vatan hamda xalq manfaatlariga sidqidildan xizmat qilish uchun katta “motivasiyadir.”
Bildirilgan yuksak ishonchni oqlash, O'zbekiston Respublikasi va uning xalqiga munosib xizmat qilishda barchamizga Alloh kuch-quvvat, sabr-toqat va matonat bersin.

Yuzimiz yanada yorug', ishlarimiz barakali, xizmatlarimiz el-yurt manfaatiga daxldor bo'lishini Allohdan so'rab qolamiz.

E'tibor va yuksak e'tirof uchun yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Muallif
ModeratorIzohlar yo'q.