Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Marg'ilon shahrida sodir bo'lgan voqea bunga achchiq misol bo'ldi. Nafs quliga aylangan o'g'ilning qilmishi nafaqat uning o'zini, balki uning eng yaqin insonlari onasi va opasini ham sud kursisiga etaklab keldi. Marg'ilon shahar IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida oddiy xonadonning ichida yashirin "narkolaboratoriya" va katta miqdordagi zahri qotil saqlanayotgani fosh etildi. Eng achinarlisi, jinoyat izlarini yashirishda oilaning boshqa a'zolari ham ishtirok etgan. Jinoyat ishlari bo'yicha Marg'ilon shahar sudi raisi Azamat Xabibullaev raisligida ko'rib chiqilgan ushbu og'ir jinoyat ishi bo'yicha yakuniy hukm o'qildi. Xo'sh, bir oilani jinoyat ko'chasiga nima boshlab kirdi? Sud hukmi qanday bo'ldi?

Giyohvandlik insoniyatni tanazzul botqog'i sari boshlayotgan eng xavfli illatlardan biri hisoblanadi. Giyohvandlik narkotik moddalarga o'rganib qolish, aniqrog'i, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni (ayrim dori moddalari) vaqtincha yoki surunkasiga iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Bundannafaqat giyohvand, balki butun jamiyat zarar ko'radi.
Giyohvandlik shunday baloki, u nafaqat bir insonni tanazzulga etaklaydi, balki uning oilasi, yaqinlariga ziyon keltiradi, jamiyatdagi tinchlik-totuvlik, xotirjamlikka putur etkazadi. Shuning uchun bu illat qoralanadi, unga qarshi murosasiz kurash olib boriladi.
Xususan, mamlakatimizda ham giyohvandlik, narkotik moddalar savdosi, uning har qanday turini etishtirish va saqlash kabi harakatlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rilib, jinoyatga jazoning muqarrarligi, qonun ustuvorligi ta'minlanib kelinmoqda.
Farg'ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o'tkazilayotgan tadbirlar davomida bu yo'nalishdagi jinoyatlarga chek qo'yilmoqda.
Afsuski, bu illat o'z domiga jamiyatimizdagi butun bir oilani ham tortayotgani juda achinarli holatdir.
Marg'ilon shahrida yashovchi Yu.X ilgari giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs bo'lgani holda, o'tkazish maqsadini ko'zlamasdan, bir dona gugurt qutidagi1 grammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositasini yashash xonadoni yotoqxonasida qonunga xilof ravishda saqlab kelgani Marg'ilon shahar IIB xodimlari tomonidan 2025 yil 15 oktyabr kunio'tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Bu ham etmagandek, Yu.X o'zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, giyohvandlik vositasi va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarga ega bo'lgani holda, kelgusida ko'p miqdordagi giyohvandlik vositasini sotish va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni o'tkazishni maqsad qilib, yashash xonadoniga tashib kelib, turli maxfiyjoylariga yashirib, saqlab kelgan.
Marg'ilon shahar IIB xodimlari 2025 yil 4 noyabr kuni yana tezkor tadbir o'tkazishib,Yu.X.ning bu o'ta og'ir jinoyatini o'z vaqtida to'xtatib qolishib, xonadon yotoqxonasi va boshqa xonalaridagi 20 dona “Tropikamid” va 2 dona “Zardeks” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari, 1 dona elektron tarozi, giyohvandlik vositasini tayyorlash va sotishda foydalaniladigan uskunalar va tarozilar hamda300 grammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositalarini ashyoviy dalil tariqasida olishgan.
Bundan tashqari, tadbir davomida ushbu xonadonda bo'lgan Yu.X. onasi S.M va opasi D.Yuning yoni ko'zdan kechirilganda, S.Mning egnidagi kiyimi cho'ntagida ko'p miqdordagi 13,33 gramm, D.Yu ning egnidagi kiyimi cho'ntagida ko'p miqdordagi 228 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi topilib, S.M va opasi D.Yu mazkur giyohvandlik vositalarini o'tkazish maqsadini ko'zlamasdan qonunga xilof ravishda saqlab kelishgani aniqlangan.
Yu.X. S.M va D.Yu larga oid jinoyat ishijinoyat ishlari bo'yicha Marg'ilon shahar sudiraisi A.Xabibullaevning raisligida hay'atda har tomonlama ko'rib chiqildi. Sudning hukmiga ko'raYu.X ga jazoni og'irlashtiruvchi va engillashtiruvchi holatlar to'liq inobatga olingan holda 10 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, uning opasi D.Yu.ga qaramog'ida 3 yoshga to'lmagan farzandi borligi inobatga olinib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi, onasi S.M ga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi
Xulosa o'rnida xalq orasida “giyohvandlikka qarshi kurashish, uning payini qirqish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi” deb o'ylaydiganlar juda katta xato qiladi. Dunyo aholisining barcha qatlamini birdek tashvishga solib kelayotgan giyohvandlikdek xavfli illatga qarshi kurashishda jamiyatimizning barcha a'zolari ishtirok etishi lozim. Shundagina bu illatning payi tezroq qirqiladi.
Xabibullaev Azamat Anvarovich, Jinoyat ishlari bo'yicha Marg'ilon shahar sudining raisi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.