Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Andijon turmasidan Bosh prokuror nomiga "Bildirgi" chiqibdi. Ey, chalasavod ! Sen prokuratura xodimimisan yoki davlat tashkilotida ishlaysanmi? Bildirgini (raportni) kim kimga yozishini bilmaydigan darajada savodsizmisan? Yana "hurmat bilan" deb imzo chekkaningga nima deyish mumkin? Agar Bosh prokurorni chindan hurmat qilsang, "ochlik e'lon qilaman" deb arzon siyosiy o'yin qilmasding. Qonun ustuvor davlatda bunaqa "spektakl"lar o'tmaydi!

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarga chiqvolib xalq dardi, xalq dardi uchun deb kurashayapmiz degan ayrim savodsizlarga atalgan post.
Andijon turmasidan Bosh prokuror nomiga bildirgi chiqibdi. Ey chalasavodmisan? Prokuratura xodimimisan? Bildirgini o'z rahbariyatiga kimlar yozishini bilmas ekansan-ku! Qolaversa, bildirging ostiga hurmat bilan deb imzo chekyabsanmi? Agar san Bosh prokurorni hurmat qilsang, nima qilasan ochlik e'lon qilaman deb yozib, axir Bosh prokurorimiz bunaqangi siyosiy chiqishlarga qarshiku, qolaversa qonun ustivor davlatda bunaqangi siyosatlar qilinmaydi.
Axir ichki ishlar organlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo'lib, ya'ni sani haqorat qilgan shaxslar ustidan 102 qisqa raqamiga qilgan murojaating natijasini so'rab Toshkent shahar prokurori qabuliga kiribsan, KUTMAYSANMI JAVOBINI?!
Prokurordan adolat talab qilgan shaxs, sabr qilib natijasini kutadi, qolaversa o'zini bosib olib, o'zini aybdor emasligini tergovda amaldagi qonunlarga asoslanib isbotlab beradi-ku!!!
Yana bittang chiqvolib, bir odam o'lib ketishi kerakmi deb valdirayabdimi? Endi tergov organlari falonchi o'lib ketmasin deb, jinoiy holatni aniqlamasdan turib, tegishli tartibda tergov-surishtiruv ishlarini olib bormay, qamoqda chiqarib yuborishi kerakmi? Tergovga bosim o'tkazishni ajoyib usullarini topibsizlarmi?
Sizlarga murojaat qilgani kelgan murojaatchilarga xizmatimiz 16 mln so'm bo'ladi, deyishdan avval biz xalq dardi uchun ishlaymiz, ijtimoiy tarmoqqa chiqvolib faqat xalq dardini muhokama qilamiz, siz ham bizning xalqimizni vakilisiz, bir so'm puliz kerakmas, masalani shundog' beminnat yoritib beramiz degan holatlaring ham bormi??? Agar bo'lsa bir ikki soatlik videorolik qilib chiqarchi ko'raylik, xalq uchun nima qilib qo'yganlaringni.
Ijtimoiy tarmoqqa chiqvolib, Prezidentga etkazaylik, layk bosilar, tarqatilar deb jar solyabsanlar. Xo'p, davlat rahbariga murojaating etib xam bordi deylik, davlat rahbarimiz, kim o'zi bular, qani obektivkalarini ko'taringlarchi deb so'rab qolsalar, Xo'sh, sanlarni obektivkalaringdan habar topgan davlat rahbarimiz,iee bular o'zlari shundog'am botgan ekanku. Qachondan beri xalq dardi bilan shug'ullanishyabdi, biri xalqni bir paytlar talagan bo'lsa biri yana boshqaning oilasiga tajavuz qilib turmada o'tirgan bo'lsa. Yana biriga oid jinoyat * ishlar ochilgan bo'lsa, bularni komandasida sudlanmagani ham bormi o'zi?,-deb qosalar, XIJOLAT bo'lib qolmaysanlarmi???
Hullas, davlat rahbarini tinch qo'yish!!! Yaxshisi hammang savoding bilan shug'ullan, bo'lmasa anavi sherigin kabi BILDIRGI yozib sharmanda bo'lib yurishma.
Qissadan hissa shuki, muttahamlik bilan hech kim hech nimaga erishmaydi, undan ko'ra aql idrokni ishlatib, ya'ni o'qishmishli bo'lib, o'zingni bosib olib, qo'lingdan kelsa tergov organlarida, JPKning tegishli moddalari asosida aybsizligingni isbotla.
Tergov organlari sani eshitmaydi deb hisoblasang sud albatda eshitadi. Chunki, sanlar bir qarasa Ichki Ishlar vazirini maqtab chiqasan bir qarasa Oliy sudni maqtab chiqasanlar. Agar sal rejang o'xshamay qolsa, darhol bularni ustidan ham prokurorga shikoyat qilib borasanlar. Shuning uchun ham davlatning oliy ma'lumotli, yuridik bilimga ega bo'lgan kadrlarini muttahamlik bilan bo'ysundurishga xarakat qilmay, yaxshisi savodingni oshirish, bo'lmasa kulguga qolib ketasanlar, BILDIRGIGA o'xshab.
Muallif
Izohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.