Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Fortuna barabani”da iste'molchining huquqlari, mukofotlar ro'yxati, yutish ehtimoli va to'lov shartlari qaerda ko'rsatilgan? Beeline pul evaziga tasodifiy natija taklif qilyaptimi? Agar shunday bo'lsa, bu xizmatning huquqiy maqomi qanday? Operatorlar o'z shartnomalarida texnik omillar, relef va binolar to'sig'ini vaj qilib ko'rsatishi yuridik jihatdan ularni himoya qilgani bilan haqiqatni o'zgartirmaydi. Bazaviy stansiyalarning etishmasligi yoki tarmoq yuklamasining ortib ketishi kimning bo'ynida qolishi kerak?

Shartnoma bor, qonun ham bor “qimorga” o'xshash “Fortuna barabani” qonuniymi?

Fortuna barabani
Shartnoma borligini eslatish Beeline’ning huquqi. Ammo qonun ham borligini eslatib qo'yish bizning burchimiz.

Operator tashlab bergan shartnomasi
Mobil aloqa va internet bugun oddiy xizmat еmas. Insonning ishi, o'qishi, biznesi, davlat xizmatlaridan foydalanishi va yaqinlari bilan muloqoti ham internetga bog'lanib qolgan.
Shuning uchun abonent tarif uchun to'lov qilar ekan, evaziga barqaror va sifatli xizmat kutadi. Bu ortiqcha talab emas xizmat uchun to'lov qilinganining oddiy mantiqiy davomi.

Biroq Beeline Uzbekistan abonentning internet sifati bo'yicha bildirgan e'tiroziga javob berar ekan, shartnomaning 12.1 va 12.2-bandlariga tayanayotgani ma'lum bo'ldi.
12.1-bandda aloqa sifatining yomonlashishi yoki uzilishiga radioto'lqinlarning tabiiy tarqalishi, binolar, tunnellar, erto'lalar, relef, meteorologik sharoitlar va boshqa sabablar ta'sir qilishi mumkinligi ko'rsatilgan. Bunday holatlarda operator javobgar bo'lmasligi qayd etilgan.
12.2-bandda esa abonentga taqdim etiladigan radiotelefon aloqa tarmog'ining sifati operator vakolatiga kirmaydigan mahalliy simli telefon tarmoqlari operatorlari jihozlari hamda xalqaro va shaharlararo aloqa operatorlari jihozlarining sifatiga bog'liq bo'lishi mumkinligi aytilgan.
Albatta, texnik nuqtai nazardan bunday omillar mavjud bo'lishi mumkin. Radioto'lqinlar ham, binolar ham, ob-havo ham aloqa sifatiga ta'sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Lekin shartnoma bandlari hamma narsani tushuntirib beradigan universal “texnik ob-havo ma'lumotnomasi”ga aylanib qolmasligi kerak. Shartnomadagi ushbu bandlar qonunchilikda belgilangan iste'molchi huquqlaridan ustun turadimi?
Oldinga yugurib shuni aytish mumkinki albatta yo'q!
O'zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 dekabrdagi O'RQ-1015-son “Telekommunikasiyalar to'g'risida”gi Qonunining 27-moddasida operator va provayderlar ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shartligi belgilangan.
Qonunning 28-moddasi esa foydalanuvchiga operator va provayderlar tomonidan o'z vaqtida va sifatli xizmatlar ko'rsatilishini talab qilish huquqini beradi. Shuningdek, xizmatlar ko'rsatilmagan yoki lozim darajada sifatli ko'rsatilmagan taqdirda etkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi ham mavjud. (Noroma Online)
Demak, masala faqat shartnoma bilan tugamaydi. Shartnoma bor. Lekin qonun ham bor. Qolaversa, 2026 yil 26 yanvarda Adliya vazirligida 3762-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yangi “Telekommunikasiyalar xizmatlarini ko'rsatish qoidalari”da operatorlarning majburiyatlari yanada aniq belgilab qo'yilgan.
Qoidalarning 313-bandida operator va provayderlar ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, texnik hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shartligi ko'rsatilgan.
Eng muhimi, 323-bandda mobil aloqa operatori xizmat ko'rsatish hududi doirasida mobil aloqa xizmatlarini sifatli, o'z vaqtida va kechayu-kunduz ko'rsatishni ta'minlashi shartligi belgilangan. (Noroma Online)
Shu erda Beeline kompaniyasining bizga bergan javobi yanada qiziq tus oladi.

Ekspertiza xulosasi ekan
Javobda manzilda 2G, 3G va 4G qamrovi mavjudligi, 1521-sonli baza stansiyasi abonent joylashuvidan 130 metr masofada ekani va baza stansiyasi odatiy rejimda ishlayotgani aytildi.
Ammo keyin kompaniyaning o'zi muhim bir gapni qo'shib qo'yadi tarmoqqa tushadigan yuklama sababli sutkaning ma'lum vaqtlarida, ya'ni eng yuqori yuklama soatlarida internet tezligi pasayishi mumkin. > Demak, baza stansiyasi ishlayapti. Avariya yo'q. 4G qamrov bor.
Baza stansiyasi esa atigi 130 metr uzoqlikda.
Ammo internet tezligi pasayishi mumkin.
Bu holatda abonentga, ehtimol, yangi tarif emas, yangi sabr paketi kerak bo'lar. Lekin masala baribir tarifda emas xizmatning amalda qanday ko'rsatilayotganida.
Unda savol tug'iladi Agar muammo yuqori yuklama bo'lsa, bu yuklama qancha?
Internet tezligi qanchaga tushgan? Qaysi vaqtlarda tushgan? Bu ko'rsatkichlar xizmat sifati uchun belgilangan talablarga mosmi?
Beeline “texnik ekspertiza o'tkazildi” demoqda. Juda yaxshi. Unda ekspertiza natijalari qaerda? Qaysi vaqtda o'lchov o'tkazildi? Download tezligi qancha chiqdi?
Upload tezligi qancha bo'ldi? Ping yoki latency ko'rsatkichi qanday bo'ldi?
Baza stansiyasining yuklamasi necha foizni tashkil etdi? Eng yuqori yuklama vaqtida abonentga amalda qanday sifatda xizmat ko'rsatilgan?
Chunki “4G bor” degan ma'lumot bilan “4G xizmati sifatli” degan tushuncha bir xil emas. Xuddi oshxonada taom borligi bilan uning issiq, mazali va buyurtmaga mos ekani bir xil bo'lmagani kabi.
Baza stansiyasining 130 metrda turgani ham internet tezligining yuqoriligini isbotlamaydi.
Aksincha, operatorning o'zi yuqori yuklamada tezlik pasayishi mumkinligini tan olgan ekan, masala endi texnik raqamlar bilan ochiqlanishi kerak.
Yana bir muhim jihat bor. Amaldagi Qoidalarda abonent operatordan uning majburiyatlarini bajarishini hamda o'z vaqtida sifatli xizmat ko'rsatilishini talab qilish huquqiga ega ekani belgilangan. Shuningdek, xizmat tegishli sifatda ko'rsatilmagan hollarda abonent kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat narxini qayta hisoblash va etkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. (Noroma Online)
Shunday ekan, shartnomaning 12.1 va 12.2-bandlarini ko'rsatib, iste'molchining e'tirozini shu bilan yopib qo'yish mumkin emas.
Chunki shartnoma shartlari amaldagi qonunchilik talablari bilan birga qo'llanadi. Aks holda shartnoma xizmat ko'rsatish hujjati emas, javobgarlikdan ozod bo'lish bo'yicha juda qulay qo'llanmaga aylanib qolishi mumkin.

Beeline uz vakili ekan
Telekommunikasiya sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi sifatida vazirlik iste'molchining “internetim sekin” degan shikoyatini operatorning o'zi bergan umumiy texnik ma'lumot bilan cheklaydimi yoki mustaqil ravishda xizmat sifatiga baho berish imkoniyatidan foydalanadimi?
Axir davlatning vazifasi faqat operatorlarning lisenziyasi va tarmoqlarini rivojlantirish bilan cheklanmaydi.
Qonunning o'zida telekommunikasiya sohasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilishi belgilangan. (Noroma Online)
Hukumat portalida ham operator tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko'rsatilsa, abonent Raqamli texnologiyalar vazirligiga murojaat qilishi mumkinligi ochiq ko'rsatilgan. (O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali)
Shu sababli endi savol faqat Beeline Uzbekistan’ga emas balki Raqamli texnologiyalar vazirligiga ham paydo bo'lmoqda. Agar operator “qamrov bor”, “baza stansiyasi ishlayapti”, “avariya yo'q” desa, nazorat qiluvchi organdan oddiy savol so'raymiz Unda iste'molchi to'layotgan xizmatning sifati qaerda?
Agar Beeline texnik ekspertiza natijasida xizmat sifati talab darajasida ekanini isbotlay olsa marhamat, jamoatchilikka aniq texnik ko'rsatkichlar taqdim etilsin.
Agar yuqori yuklama sababli internet tezligi muntazam pasayayotgan bo'lsa uning texnik va huquqiy asosi tushuntirilsin.
Agar tarmoq sig'imi abonentlar ehtiyojini qoplashga etmayotgan bo'lsa muammoni bartaraf etish bo'yicha aniq choralar aytilsin.
Chunki iste'molchi shartnomadagi istisnolar ro'yxatini emas, to'lagan puli evaziga olgan xizmatini his qilishni xohlaydi. Abonentga “signal bor” degan tasalli emas, ishlaydigan internet kerak.
Shartnoma bor. Lekin qonun ham bor.
Operatorning texnik imkoniyati bor.
Lekin iste'molchining huquqi ham bor.
Va eng muhimi, bu huquqlarning qog'ozda qolib ketmasligini ta'minlaydigan davlat nazorati ham bor.
Qonun ham borligini eslatish bizning burchimiz.Endi sizlarga yana bir masalani eslatib o'tmoqchimiz, hurmatli Beeline rahbarlari.

Evgeniy Nastradin Gen direktor Beeline uz
Beeline’ga qarashli ilovada 1 400 so'm to'lab “Fortuna barabani”ni aylantirish imkoniyati taklif etilmoqda.
Bu xizmat qay darajada qonuniy hisoblanadi? Bu erda qimor yoki qimorga o'xshash mexanizm mavjudmi-yo'qmi?

HAMBI Ilovasi
Axir foydalanuvchi pul to'laydi, natija esa oldindan ma'lum bo'lmaydi. U ma'lum bir sovringa ega bo'lishi ham, hech qanday manfaat olmasligi ham mumkin. Bunday holat tavakkalchilikka asoslangan mexanizm emasmi?

Agar ishtirokchi 1 400 so'm to'lab, tasodifiy natijani kutayotgan bo'lsa, bu jarayonning huquqiy tabiati qanday baholanadi?
Bu oddiy marketing aksiyasimi? To'lov evaziga ko'rsatiladigan ko'ngilochar xizmatmi? “Yoki qimorga xos bo'lgan tavakkalchilik va tasodifiy yutuq elementlarini o'z ichiga olgan mexanizmmi?” Albatta bu savol tariqasida murojaat yo'llab qolmoqdamiz ! javobini xam munosabatda berishlaringni kutib qolamiz! kutib qolamiz qoldirmoqdamizBiz uchun bizni mintalitetimizga to'g'ri keladimi yo'qmi bilishimiz kerak-ku axir bilish uchun!
Albatta, bu savollar bilan biz hech kimni ayblamoqchi emasmiz. Bunday holatlarga huquqiy baho berish bizning vakolatimizga kirmaydi.
Biz faqat savol beryapmiz. Javob berish esa sizlarning vazifangiz.
Hurmatli Beeline rahbarlari, ushbu “Fortuna barabani” mexanizmining huquqiy asosini ochiq tushuntirib bersangiz.
Unda ishtirok etish uchun to'lanadigan 1 400 so'm nimaning haqi hisoblanadi?
Sovrinlar qanday tartibda shakllantiriladi? Foydalanuvchiga bu haqda to'liq va aniq ma'lumot berilyaptimi?
Bu savollarga javob berishda “bu faqat ilova ichidagi aksiya” degan umumiy izoh etarli bo'lmasligi mumkin. Chunki nomlanishi emas, mexanizmning o'zi muhim: pul to'lanadimi, natija tasodifiymi, sovrin bormi va ishtirokchi tavakkal qiladimi?
Shuning uchun masalani “Beeline yoki iste'molchi kim haq?” degan tor doirada emas, balki ikkita aniq savol asosida ko'rish kerak To'lovi to'liq olingan telekommunikasiya xizmati amalda qonunchilik talab qiladigan sifatda ko'rsatilyaptimi? 1 400 so'm evaziga taklif etilayotgan “Fortuna barabani” esa qonunchilik nuqtai nazaridan qanday xizmat hisoblanadi?
Bu savollarga javobni shartnoma bandi emas, aniq texnik o'lchov, ochiq huquqiy asos va qonun berishi kerak.
Aks holda “texnik ekspertiza” degan chiroyli ibora bor, ammo ekspertizaning o'zi qaerdaligi noma'lum bo'lib qolaveradi. “Fortuna barabani” esa aksiyami, o'yinmi yoki qimorga yaqin mexanizmmi bu savol ham javobsiz qoladimi?

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.