Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.
25 июль Судьялар ва суд ходимлари фаровонлиги халқаро куни муносабати билан судьялар ва суд тизими ходимларининг адолатни таъминлашдаги ўрни, уларнинг меҳнати, фаровонлиги ҳамда Ўзбекистонда суд-ҳуқуқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳақида сўз юритилади.

Adolat – har bir inson ishonadigan eng katta qadriyatlardan biri. Sudga kelgan har bir fuqaro, avvalo, haqiqat qaror topishini, qonuniy va xolis qaror qabul qilinishini kutadi. Bu mas'uliyat esa sudyalar va sud tizimi xodimlari zimmasiga yuklangan.
Har kuni sudlarda inson taqdiriga daxldor yuzlab masalalar ko'rib chiqiladi. Har bir ish ortida bir oila, bir insonning umidi, huquqi va kelajagi turadi. Shuning uchun sudyadan nafaqat chuqur huquqiy bilim, balki xolislik, vijdon, sabr-toqat va yuksak mas'uliyat talab etiladi. Sud tizimi xodimlari esa odil sudlovning tezkor va samarali amalga oshirilishida muhim o'rin tutadi.
Ana shu omillarni e'tiborga olgan holda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2025 yil 4 martdagi rezolyusiyasi bilan 25 iyul — Sudyalar va sud xodimlari farovonligi xalqaro kuni sifatida belgilandi.
Bu sana bejiz ta'sis etilmagan. Chunki mustaqil va adolatli sud tizimi, eng avvalo, o'z vazifasini halol va xolis bajaradigan, munosib mehnat sharoitiga ega sudyalar va sud xodimlari orqali ta'minlanadi. Ularning jismoniy va ruhiy salomatligi, xavfsiz mehnat muhiti hamda kasbiy barqarorligi jamiyatda adolat qaror topishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ko'plab davlatlarda ushbu sana munosabati bilan turli ma'rifiy tadbirlar o'tkazilib, sudyalar va sud xodimlarining kasbiy faoliyati, mehnati va farovonligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Yurtimizda ham sud-huquq tizimini takomillashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, sudyalar va sud xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning kasbiy salohiyati va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Zero, adolatli sud — kuchli davlatning tayanchi. Uni ta'minlaydigan sudyalar va sud xodimlarining mehnati, fidoyiligi va farovonligi esa qonun ustuvorligi, inson huquqlari himoyasi hamda jamiyatning sud hokimiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega.
Asrorjon Axmedov Jinoyat ishlari bo'yicha
Farg'ona tuman sudi raisi

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.