Загрузка...
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
2026 yil 9 fevral kuni soat 18:45 da Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudi tomonidan qabul qilingan ajrim qonun ustuvorligining navbatdagi sinoviga aylandi. Sud Farg'ona viloyati IIB Tergov boshqarmasi iltimosnomasini rad etib, gumon qilinuvchi Soxibnazarov Rahmatulloga nisbatan “qamoqqa olish” emas, balki “garov” ehtiyot chorasini qo'lladi. Bu qamoqda ushlab turish uchun huquqiy asos yo'q, degani edi. Biroq ajrim chiqqanidan keyingi voqelik mutlaqo boshqacha tus oldi. Sud qaroriga qaramay, gumon qilinuvchi hanuz ozod etilmagani aytilmoqda.


2026 yil 9 fevral kuni soat 18:45 da Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudi tomonidan qabul qilingan ajrim qonun ustuvorligi sinovi edi. Sud Farg'ona viloyati IIB Tergov boshqarmasi ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi Soxibnazarov Rahmatulloga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash haqidagi iltimosnomani rad etdi. Unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo'llanildi.
Qonunga ko'ra, sud ajrimi majburiy. U ijro etilishi shart. Muhokama tugadi qaror chiqdi. Nuqta. Ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona viloyati IIB va Farg'ona viloyati prokuraturasi turli bahonalar bilan gumon qilinuvchini ozod etmayapti. Holbuki, advokatlar va oila a'zolari garov pulini to'lashga tayyor. Ular belgilangan mablag'ni qabul qilishlarini so'rab, IIB binosi oldida sovuq havoda kutib turishibdi.
Agar sud qarori ijro etilmasa, bu nafaqat bir shaxs taqdiriga, balki butun huquqiy tizimga soya soladi. Sud hokimiyati mustaqilligi Konstitutsiya kafolati. Tergov organi yoki prokuratura sud ajrimini ijro etmaslik orqali qaysi huquqiy asosga tayanyapti?
Bu erda gap faqat bir gumon qilinuvchi haqida emas. Bu erda gap tizim haqida. Agar sud qarori qog'ozda qolsa, ertaga har qanday fuqaro xuddi shunday vaziyatga tushishi mumkin. Qonun ustuvorligi tanlab ishlaydigan mexanizm emas. U yo ishlaydi, yo ishlamaydi. Agar “garov” qo'llanilgan bo'lsa, demak qamoqda ushlab turish uchun huquqiy asos qolmagan. Sud ajrimini ijro etmaslik vakolat doirasidan chiqish emasmi? Bu holatga huquqiy baho beriladimi?
Jamoatchilik javob kutmoqda.
Автор
Комментариев пока нет.
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».