Загрузка...
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) atrofidagi mojaro yangi tafsilotlar bilan boyidi. Ma'lum bo'lishicha, zavodning «O'zsuvta'minot» oldidagi 10 milliard so'mlik qarzi ichimlik suvidan emas, balki aynan kanalizatsiya (oqova suv) xizmatlari uchun ekan. Zavod rahbariyati o'z chiqindisini tekinga oqizishga o'rganib qolganmi? Zavoddan chiqadigan oqova suvlar bu oddiy suv emas. Uning tarkibida neft qoldiqlari va kimyoviy birikmalar bo'lishi tabiiy. Bunday suvlarni tozalash inshootlarida qayta ishlash uchun ulkan miqdorda elektr energiyasi, qimmatbaho reagentlar va ishchi kuchi sarflanadi.

FNQIZ rahbariyati esa mana shu ishlarni suv ta'minoti korxonasi elkasiga tashlab qo'ygan. 10 milliard so'm to'lanmagani degani bu tozalash inshootlarini ta'mirlash va zamon talabiga moslash uchun mablag' yo'q degani!
Zavodni boshqarayotgan «Saneg» kompaniyasi va uning direktori Xabib Latipov har bir intervyusida modernizatsiya va ekologiya haqida chiroyli gapiradi. Lekin amalda-chi?
Nahotki milliardlab foyda ko'rayotgan gigant korxona o'z chiqindisini tozalatish uchun pul topa olmasa? Bu ochiqchasiga "bizga hamma narsa mumkin" degan kayfiyat emasmi?
Zavodning 10 milliardlik qarzi sababli «O'zsuvta'minot» ishchilariga oylik berolmasligi, nasoslarni yangilay olmasligi mumkin. Natijada Farg'onaning kanalizatsiya tizimida avariyalar yuz bersa, zaharli suvlar er ostiga sizib ketsa, bunga kim javob beradi? Zavod rahbariyatimi yoki ularning "ekologik loyihalari"?

Автор
Шухратжон ЭсановКомментариев пока нет.
Ferganamedia.uz зарегистрирован как электронное СМИ 26 сентября 2024 года АОКА при администрации Президента. Свидетельство № 414738. Учредитель: ООО «Fergana Media Press».